Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

QARZ BERILGANINI GUVOH BILAN HAM ISBOTLASA BOʻLADIMI?


QARZ BERILGANINI GUVOH BILAN HAM ISBOTLASA BOʻLADIMI?

Fuqarolik kodeksining 733-moddasi 1-qismiga binoan qarz beruvchi yuridik shaxs boʻlganida yoki fuqarolar oʻrtasida tuzilgan qarz shartnomasining summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari (3 mln 400 ming soʻm) dan ortiq boʻlgan hollarda qarz shartnomasini oddiy yozma shaklda tuzilishi talab qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi 16-son qarorining 21-bandiga asosan (https://lex.uz/docs/1448773) sudlar qarz shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmasligini nazarda tutishlari lozim.

FK 109-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq taraflar bunday holda guvohlarning koʻrsatuvlariga asoslanishga haqli emas, lekin bu ularni yozma va boshqa dalillar keltirish imkoniyatidan mahrum qilmaydi.

Agar pul yoki ashyo olganlik fakti inkor etilmasa, u holda uni yozma dalillar bilan tasdiqlash talab qilinmaydi, har bir taraf oʻz talablarini asoslash uchun keltirayotgan holatlarni isbotlashga majbur.

Shunga koʻra bir taraf pul yoki ashyoni qarz uchun berganini tasdiqlab, ikkinchi taraf uni olganini inkor qilmasdan bu pul yoki ashyo qarzga emas, balki hadya tariqasida bergan deb tasdiqlasa, sud pul yoki ashyo olgan tarafdan qarz emas, balki hadya shartnomasi boʻlganligini tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olishi va shu asosga koʻra nizoni hal qilishi lozim.

 

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov