Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

MAKTABLARDA SINFLAR OʻZ OʻZIDAN QISQRTIRILISHI NOTOʻGʻRI


MAKTABLARDA SINFLAR OʻZ OʻZIDAN QISQRTIRILISHI NOTOʻGʻRI

 

Maktablarda sinflarning qisqartirilishi yuzasidan turli savollar kelmoqda. Umumiy trazda ushuntirib oʻtaman.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qaroriga ilova tarzda tasdiqlangan "Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomning 3-bandiga (https://lex.uz/docs/4919258) asosan Umumtaʼlim muassasalarining sinflari oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagi meʼyorlar asosida komplektlanadi:

???? shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha;

35 nafargacha (olis (togʻli, choʻlli) hududlarda joylashgan umumtaʼlim muassasalari bundan mustasno).

Oʻquvchilar soni mazkur meʼyorlardan kam boʻlgan hollarda umumtaʼlim muassasasi hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi va moliya boʻlimlari bilan kelishilgan holda sinflar komplektlanadi.

Yaʼni sinflarni qisqartirish bu bitta maktab direktorining ishi emas. mazkur holatda avvalo, oʻquvchilar soni hisobga oldinadi. Agar haqiqatdan ham oʻquvchilar soni kam boʻlgan taqdirda bu masala tuman (shahar) xalq taʼlimi va moliya boʻlimlari bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi. Kelayotgan murojaatlarda xududiy moliya boʻlimlari qisqartirishni talab qilayotgan holatlar ham bor.

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov