Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Koʻpchilik tadbirkorlar sudga murojaat qilishda davlat boji masalasidan hayiqishadi. Biroq davlat bojini toʻlamasdan ham sudga murojaat qilish yoʻllari bor. Bugun shu haqda qisqa tushuntirishlar berib oʻtaman:


Koʻpchilik tadbirkorlar sudga murojaat qilishda davlat boji masalasidan hayiqishadi. Biroq davlat bojini toʻlamasdan ham sudga murojaat qilish yoʻllari bor. Bugun shu haqda qisqa tushuntirishlar berib oʻtaman:

 

1 Usul. Sudga davlat bojini toʻlashni kechiktirish yuzasidan iltimosnoma kiritish usuli.

"Davlat boji toʻgʻrisida"gi qonunning 19-moddasiga asosan Pul mablagʻlari mavjud boʻlmagan va bu xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga sudning ajrimiga koʻra davlat bojini kechiktirib toʻlashga ruxsat berilishi mumkin. Bank tasdigʻida sudga murojaat qilingan sanadan koʻpi bilan uch kun oldingi sana qayd etilgan boʻlishi kerak.

Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvo bilan iqtisodiy sudga murojaat qilgan taqdirda aksiyadorlarga davlat bojini toʻlash muddati kechiktirilib, bu boj keyinchalik aybdor tarafdan undirib olinadi.

2 Usul. Sizning manfaatingizni himoya qilib sudga murojaat qilish vakolatiga ega nodavlat tashkilotlarga aʼzo boʻlish.

Masalan siz savdo sanoat palatasiga aʼzo boʻlish orqali sudga daʼvlat boji toʻlamasdan daʼvo arizadlari kiritishingiz mumkin. Xatto siz kichik va oʻrta biznes vakili boʻlsangiz ham. Savdo sanoat palatasi oʻz aʼzolarini manfaatlarini koʻzlab kiritgan daʼvolari yuzasidan davlat bojidan ozod qilingan . Prezidentning 23.01.2023-yildagi PQ-15-sonli qaroriga asoan Mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari Savdo-sanoat palatasi aʼzoligiga aʼzolik va kirish badallarini toʻlamasdan qabul qilinishi belgilandi.

3 Usul. Sizning manfaatingizni himoya qiluvchi davlat tashkilotlari orqali daʼvo kiritish.

Sizning manfaatingizni koʻzlab Prokuratura, adliya organlari, shuningdek, Biznes ombusman sudga daʼvo ariza kiritganda siz davlat boji toʻlamaysiz, chunki "Davlat boji toʻgʻrisida"gi qonunning 8-moddasiga   asosan bu tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan davlat bojidan ozod qilingan.

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov