Янгиликлар
Kurilish tashkilotlari tomonidan yertoʻlalarni fuqarolarga rasmiylashtirilib berishi qonuniymi?
Kurilish tashkilotlari tomonidan yertoʻlalarni fuqarolarga rasmiylashtirilib berishi qonuniymi?
Yertoʻla — koʻp kvartirali uydagi joy mulkdorlariga umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yashash uchun moʻljallanmagan joy .
Yaʼni yertoʻlalar bir shaxsning yoki bir fuqaroning yagona mulki boʻlishi mumkin emas, chunki yertoʻlalarni koʻp qavatli uyda yashovchilarning umumiy mulki ekanligi toʻgʻrisidagi normalar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktyabrdagi 648-son qarori bilan tasdiqlangan "Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomda "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida"gi qonunda (https://lex.uz/docs/4586282), Fuqarolik kodeksining 221-moddasida, Uy-joy kodeksining 124-moddasida aniq ravshan belgilab qoʻyilgan.
Yertoʻlalar shunchaki hokim qarori yoki qurilish tashkiloti tomonidan sotish evaziga mulkdorlarga berilmaydi. Yertoʻladan foydalanish koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining roziligiga asosan amalga oshiriladi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov