Янгиликлар
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlariga 100% ustama toʻlanishi kerak.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlariga 100% ustama toʻlanishi kerak.
2019-yil 1-iyundan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilangan.
Shuningdek, 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻsishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Bugun iqtisodiy sudlarda eng koʻp koʻrilayotgan ishlarda biri investitsiya shartnomasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolardir.
2019-2020-yillarda koʻplab tadbirkorlarga davlat obyeklari “Nol” xarid qiymatida sotilgan. Hokimyat va tajbirkor oʻrtasida tuzilgan oldi-sotti shartnomasida tadbirkorga sotilgan hududga muayayan miqdorda investitsiya kritish, maʼlum bir miqdorda odamlarni ish bilan taʼminlash vazifasi yuklatilgan. Biroq, koʻplab tadbirkorlarning shartnoma shartlariga soviqqonlik bilan qarashi oqibatida shartnoma shartlari bajarilmagan va natijada bugun xududlarda Davlat aktivlarini boshqarish Agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tadbirkorlar bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish va shartnomada belgilangan miqdorda moliyaviy jarimani undirish yuzasidan sudga daʼvo arizalari kiritilmoqda.
Men tashish boʻlgan aksariyat sud ishlarida ishlar Davlat akativlarini boshqarish agentligi foydasiga hal boʻlgan. Bunda tadbirkorlar tomonidan haqiqatdan ham investitsiya majburiyatlari bajarilmagan, majburiyat bajarilishi yuzasidan hisobotlar taqdim qilinmagan. Va buning natijasida koʻplab tadbirlar haqli ravishda oʻz mulklaridan mahrum qilinib, moliyaviy jarimani toʻlashga majbur qilinmoqda.
Ammo shunday holatlar borki, investitsiya majburiyatini bajarishda turli taʼsirlar sababli tadbirkor oʻz majburiyatini bajara olmaydi. Oʻtgan kun xuddi shunga oʻxshash ishga duch keldim va bunda sud ishni tadbirkor foydasiga hal qildi. Sud qaror qabul qilishda quyidagi normalarga asoslanib adolatli qaror qabul qildi.
Sudning asosi: Fuqarolik kodeksining 256-moddasi ikkinchi qismiga asosan burchli taraf shartnomada belgilab qoʻyilgan majburiyatni bajarmagan yoki majburiyat belgilangan muddatda bajarilmasligini ochiq koʻrsatib turgan vaziyat mavjud boʻlgan taqdirda, muqobil ijroni oʻz zimmasiga olgan taraf oʻz majburiyatini bajarmay turishga yoki bu majburiyatni bajarishdan bosh tortishga va koʻrilgan zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM Bosh yuriskonsulti
Sh.Mirzaaxmedov