Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

OʻQUVCHILARI OLIY TAʼLIM MUASSASASIGA KIRGANIGA QARAB USTAMA BERILADIMI ?


OʻQUVCHILARI OLIY TAʼLIM MUASSASASIGA KIRGANIGA QARAB USTAMA BERILADIMI ?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 425-sonli   qarori bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi vazirining jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomining 4-bandiga muvofiq

Oʻquchilari oliy taʼlim muassasalariga yoki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija koʻrsatgan pedagog kadrlarlarga ustama tainlanadi.

Xalq taʼlimi vazirligi har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan sonini (yillik kvota) belgilaydi.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining tegishli oʻquv yilida oʻqishga qabul qilishda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlikka taqdim etadi.

Nizomga muvofiq har oylik ustama olish uchun nomzodlarni “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar” “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar) boʻyicha Ishchi guruhga taqdim etadi.

Ishchi guruh tomonidan nomzodlarni dastlab test sinovida va ikkinchi bosqich suhbatdan oʻtkazadi.

Kasbiy mahoratini baholash boʻyicha oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida 9 oy dovomida har oylik ustama toʻlanadi;

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM Bosh yuriskonsulti

Sh.Mirzaaxmedov