Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

XAYDOVCHI BILAN MODDIY JAVOBGARLIK SHARTNOMASI TUZILMAGAN BOʻLSA HAM, ZARAR UCHUN TOʻLIQ JAVOB BERADIMI?


XAYDOVCHI BILAN MODDIY JAVOBGARLIK SHARTNOMASI TUZILMAGAN BOʻLSA HAM, ZARAR UCHUN TOʻLIQ JAVOB BERADIMI?

 

Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 21-avgustda 3452-son bilan davlat roʻyhatidan oʻtkazilgan “Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida oʻzi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin boʻlgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy roʻyxati”da avtotransport haydovchilari va shofyorlar koʻrsatilmagan.

Lekin bu agar xaydovchilar bilan toʻliq moddiy javobgarlik shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchiga yetkazgan zarar uchun ular toʻliq miqdorda javob bermaydi degani emas.

Chunki, xodimlarning toʻliq moddiy javobgarligi faqatgina toʻliq moddiy javobgarlik shartnomalari asosida yuzaga kelmaydi.

MK 342-moddasiga qarasangiz, jami 8 ta holatda xodimlarning ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun toʻliq miqdorda javobgar boʻlishi koʻrsatib oʻtilgan. Shundan birinchisi, xodimning toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatliklar boʻyicha kamomadga yoʻl qoʻysa, bu kamomad uchun toʻliq miqdorda javob berishi belgilangan.

Bundan tashqari, MK 342-moddasi birinchi qismida yana 7 ta holat bor va bularga koʻra xodim bilan toʻliq moddiy javobgarlik shartnomasi tuzilmagan holatlarda ham zarar uchun xodim toʻliq miqdordagi javobgar boʻladi.

Masalan, xodim bir martalik hujjat (tovar-moddiy qimmatliklarni olish ishonchnomasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hokazolar) boʻyicha olingan boyliklarni but saqlamasa, ish beruvchiga qasddan zarar yetkazsa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik moddadan mast holatda zarar yetkazsa, sud tomonidan aniqlangan jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik natijasida zarar yetkazgan boʻlsa, shuningdek, mehnat majburiyatlarini bajarmagan holda zarar yetkazgan boʻlsa, bu zararni qoplashda toʻliq miqdorda javob beradi. Yaʼni, yuqoridagi holatlarda toʻliq moddiy javobgarlik shartnomasi tuzilmagan boʻlsa ham, xodim ish beruvchiga yetkazilgan zararni toʻliq qoplaydi.

MK 342-moddadan olingan yuqorida keltirilgan holatlarning qaysi biri siz aytayotgan MCHJdagi xaydovchilarga toʻgʻri kelishi mumkinligini bir oʻylab koʻring. Maʼlum vaziyatlarda deyarli barchasi toʻgʻri kelishi mumkin, toʻgʻrimi? Masalan, oʻziga biriktirilgan transport vositasiga mehnat qonunchiligi, mehnat shartnomasi yoki lavozim-yoʻriqnomasida koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmagan holda zarar yetkazgan boʻlsa, xaydovchi baribir toʻliq javobgar boʻladi. Sababi, mehnat majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida kelib chiqqan zarar uchun toʻliq javobgarlik 342-modda birinchi qism 8-bandida koʻrsatilgan. Yoki, haydovchiga topshirilgan yukdan kamomad chiqqan boʻlsa ham, xaydovchi zararni toʻliq qoplaydi. Negaki, yuqorida aytganimizdek, bir martalik hujjat (masalan ishonchnoma) boʻyicha olingan boyliklarni but saqlamaganlik uchun xodimning toʻliq moddiy javobgar boʻlishi MK 342-modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM Bosh yuriskonsulti

Sh.Mirzaaxmedov