Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ishlanmaydigan bayram va dam olish kunlari ishga jalb qilish.


Ishlanmaydigan bayram va dam olish kunlari ishga jalb qilish.

Mehnat kodeksining 209-moddasiga asosan dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi.

Mazkur moddada alohida istisnolar ham bor. Alohida shoshilinch ishlarni bajarish zarurati tugʻilganda xodimlarni ularning yozma roziligi bilan bayram va dam olish kunlari ishga jalb qilish mumkin.

Shuningdek, Kodeksning 210-moddasiga koʻra esa quyidagi holatlarda xodimlarni roziligisiz bayram va dam olish kunlari ishga jalb qilish mumkin:

1) tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlarning, ishlab chiqarishdagi avariyalarning, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning, shuningdek yongʻinlarning, toshqinlarning, zilzilalarning, epidemiyalarning yoki epizootiyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda bajariladigan ishlar amalga oshirilishi uchun;

2) baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun;

3) markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va (yoki) suv chiqarish tizimlarining, gaz taʼminoti, issiqlik taʼminoti, yoritish, transport, aloqa tizimlarining normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etishga doir ijtimoiy jihatdan zarur ishlar amalga oshirilishi uchun;

4) ish beruvchining mulkini nobud qilish yoki unga zarar yetkazishning oldini olish uchun.

Alohida eslatma, MK 263-moddasiga asosan ishlanmaydigan bayram va dam olish kunlari ishlaganligi uchun xodimlarga kamida 2 xissa miqdorida haq toʻlanishi shart.

Bu moddadagi yana bir muhim qoida: dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga koʻra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

Bunday hollarda, xodimga kamida bir hissa miqdorida ish haqi toʻlanadi va boshqa dam olish kuni uchun haq toʻlanmaydi.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM Bosh yuriskonsulti

Sh.Mirzaaxmedov