Янгиликлар
YANGI JAMOA SHARTNOMASINI XODIMLARGA IMZO QOʻYDIRIB TANISHTIRISH SHARTMI?
YANGI JAMOA SHARTNOMASINI XODIMLARGA IMZO QOʻYDIRIB TANISHTIRISH SHARTMI?
Mehnat kodeksining 78-moddasida “ish beruvchi jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay xodimlarni jamoa shartnomasi bilan imzo qoʻydirib tanishtirishi shart” deyilgan.
Eʼtibor bering, bu moddada ham bir xodimning imzosi qoʻydirilgan holda tanishtirish nazarda tutilyapti. Demak, imzo qoʻydirib tanishtirish shart.
Maslahatim, hechdan koʻra kech yaxshi. Boʻlgan ish boʻldi, bu kamchilikni toʻgʻrilab, kech boʻlsada, jamoa shartnomasini xodimlarning har biriga imzosini qoʻydirib tanishtirib chiqing.
Qulayroq yoʻllaridan biri jamoa shartnomasi boʻyicha “Xodimlarni yangi tahrirdagi jamoa shartnomasi bilan tanishtirish varaqasi” tayyorlang, varaqa iloji boʻlsa jadval shaklida boʻlsin. Jadval ustunlari xodimning FISHsi, egallab turgan lavozimi, jamoa shartnomasi bilan tanishganlik imzosi va tanishganlik sanasi kabilardan iborat boʻlsin. Keyin shtat jadvalidagi lavozimlar ketma-ketligi boʻyicha bir-boshdan har bir xodimga imzosini qoʻydirib tanishtirib chiqing. Va yakunda ushbu varaqani jamoa shartnomasi turadigan yigʻmajildga solib qoʻying: har doim jamoa shartnomasi bilan birga tursin. Ota-boladek.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM Bosh yuriskonsulti
Sh.Mirzaaxmedov