Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qurilish tashkilotlarining "oʻyni"


Qurilish tashkilotlarining "oʻyni"

 

Yangi uy uchun toʻlov qilyapsizmi albatta siz tolov qilayotgan qurilish tashkilotining barcha xujjatlari va shartnomasi bilan yaxshilab tanishib chiqing.

Qanday xujjatlar bilan tanishish kerak?

1. Qurilish tashkilotining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi xujjat. Mazkur xujjat bu qurilish tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtganligini koʻrsatadi.

2. Mazkur qurilish tashkiloti tomonidan uy qurilishi moʻljallangan yerning auksion orqali sotib olingani haqidagi xujjatlarni tekshirib chiqing. Tekshirish jarayonida albatta haqiqatdan ham shu joy shu yuridik shaxs tomonidan yutib olinganligiga eʼtibor qarating. Sababi bugun amaliyotga subpudratchilar fuqarolar bilan shartnoma tuzayotganligini shaxsan guvoximan. Subpudratchilar bilan hech qachon shartnoma tuzmang. Sababi ertaga uy bitganda kadastr xujjatlari subpudratchiga emas balki asosiy pudratchiga chiqadi. Va oʻsha payta qurilish tashkilotlarining "oʻyini" boshlanadi.

3. Shartnoma bilan bogʻliq masalalar barchani qiynaydi. Shartnomada qanday muammolar boʻladi. Birinchi masala bu shartnoma tili. Yaʼni siz shartnoma tuzayotgan firma siz bilmaydigan tilda shartnoma tuzyaptimi sizni aldamoqda. Aksariyat firmalar oʻz shartnomalarini rus tilida tuzadi. Oʻzbek tilida shartnoma soʻraganingizda oʻzbek tilidagi shartnoma yoʻqligini aytishadi. Siz esa oʻzingiz tushunmagan shartnomani imzolab katta xatoga qadam qoʻyishni boshlaysiz.

Ikkinchi masala, shartnomani bekor qilish masalasi 100% shartnomalarda shartnomani bir tomonlama bekor qilish bandlari kritiladi. Yaʼni 2-3 oy toʻlov boʻlmagan taqdirda firma siz bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilib yuborishi mumkin. Bunday mazmundagi shartnomalarga aslo rozi boʻlmang.

Aslo ogʻzaki vaʼdalarga ishonmang barcha vaʼdalar shartnomada aks etishini talab qiling.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM Bosh yuriskonsulti

Sh.Mirzaaxmedov