Янгиликлар
Menejerlik sertifikatlari qaysi maktab direktorlari uchun talab etilmaydi?
Menejerlik sertifikatlari qaysi maktab direktorlari uchun talab etilmaydi?
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrda qabul qilingan 681-sonli qarori bilan “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Qarorga koʻra 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori davozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kursida oʻqitish va menejerlik sertifikati berish tartibi joriy qilinmoqda.
Bunda maktab direktorligiga nomzodlar faqatgina menejerlik sertifikatiga ega boʻlganlar va shu sertifikat asosida tegishli zahiraga kiritilgan talabgorlar orasidan tayinlanadi.
Nizomga koʻra maktablarda ishlab turgan direktorlar ham har 5 yilda bir marotaba ushbu qaror talablariga koʻra menejerlik sertifikati olishlari talab etiladi. Bunda menejerlik sertfiikati olgan direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.
Savol tugʻiladi, qaysi davlat umumtaʼlim maktablari direktori lavozimlari uchun menejerlik sertifikatiga ega boʻlish shart emas?
▪️681-son qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 4-bandiga koʻra:
➖Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
➖Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari;
➖Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari;
➖Alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablardagi direktorlik lavozimlari uchun menejerlik sertifikatlari talab etilmaydi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM Bosh yuriskonsulti
Sh.Mirzaaxmedov