Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Har yilgi qoʻshimcha tatillar kimlarga beriladi? Qoʻshimcha taʼtillarni berish tartibi qanday boʻladi?


Har yilgi qoʻshimcha tatillar kimlarga beriladi? Qoʻshimcha taʼtillarni berish tartibi qanday boʻladi?

Taʼtillar masalasi kadroviklar ishidagi eng murakkab boʻlgan ishlardan biri hisoblanadi. Mehnat kodeksida 4 holatda qoʻshimcha taʼtillar berilishi nazarda tutilgan.

1. Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlarga. MK-481-modda

2. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga. MK-483-modda

3. Tashkilotda yoki tarmoqda koʻp yillik ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga. MK-220-modda

4. Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda

beriladi.

Mehnat kodeksining 222-moddasiga asosan har yilgi mehnat taʼtilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qoʻshimcha taʼtillar har yilgi asosiy eng kam taʼtil yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilga qoʻshib jamlanadi.

Qoʻshimcha savol tugʻilishi tabiy yaʼni agar xodim qoʻshimcha taʼtil beriladigan toifaning ikkitasiga tushsa, bunda taʼtil berish qanday boʻladi degan mazmunda. Masalan xodimning asosiy yillik taʼtili 21 kunni tashkil qilsa, u tashkilotda 10 yildan buyon ishlayotgan boʻlsa va jamoa shartnomasida qoʻshimda 5 kun taʼtil berilishi nazarda tutilgan boʻlsa, xodimga mehnat taʼtili qanday hisoblanadi?

Asososiy yillik taʼtil 21 kun + MK-220-moddasibilan 10 yil ishlagani uchun 4 kun + jamoa shartnomasida nazarda tutilgan qoʻshimcha taʼtil 5 kun jami 30 kun taʼtil hisoblanadi.

Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, taʼtilning umumiy kuni 56 kalendar kundan oʻtib ketmasligi kerak.

 

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM Bosh yuriskonsulti

Sh.Mirzaaxmedov