Янгиликлар
Haqorat qilganlik uchun 168 mln soʻm jarima bormi?
Haqorat qilganlik uchun 168 mln soʻm jarima bormi?
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasiga koʻra haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Eʼtibor bering! Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismiga binoan nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish orqali haqorat qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravari (168 mln soʻm)gacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM Bosh yuriskonsulti
Sh.Mirzaaxmedov