Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

SHAXS VAFOT ETSA U BILAN TUZILGAN SHARTNOMA TAQDIRI NIMA BOʻLADI?


SHAXS VAFOT ETSA U BILAN TUZILGAN SHARTNOMA TAQDIRI NIMA BOʻLADI?

 

Korxonamiz jismoniy shaxsdan 01.01.2023 dan 31.12.2023 ga qadar noturar joyni ijaraga olgan. Oʻsha (kismoniy shaxs 2023-yil noyabr oyida olamdan oʻtdi. Ijara shartnomasi buyicha korxonamiz jismoniy (shaxsdan qarzdor. Maʼlumki merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros ochilgan kundan eʼtiboran boy oʻtganidan keyin wepocxypra beriladi. 2024-yilga ijara shartnomasi qanday tuziladi?

Ijara toʻgʻrisidagi qonunning 16-moddasiga asosan Ijaraga olingan mulkka egalik qilish huquqi yoki Oʻzbekiston Respublikasi mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunchiligida sanab oʻtilgan huquqlar ijaraga beruvchidan boshqa shaxsga oʻtganda ilgari tuzilgan shartnoma, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa yangi mulk egasiga nisbatan ham oʻz kuchini saqlab qoladi. Mazkur asosga koʻra ijara beruvchi vafot yetgan boʻlsa ham, u bilan tuzbilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasi yangi mulk yegasiga nisbatan ham oʻz kuchini saqlab qoladi.

Shurtnoma muddati tugagandan keyin vafot yetgan odamning merosxoʻri bilan koʻchmas mulk ijara shartnomasini tuzishingiz mumkin.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM Bosh yuriskonsulti

Sh.Mirzaaxmedov