Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

2024-yil 1-yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oyligi oshiriladi.


2024-yil 1-yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oyligi oshiriladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.05.2022-yildagi PF-136-sonli farmonining 1-bandida 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari:

oliy va birinchi malaka toifalariga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga;

ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan va toifaga ega boʻlmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga;

tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.

Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻyicha tarif koeffitsiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga koʻpaytirish orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur bandda belgilangan qoidalar 2024-yil 1-yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega boʻlgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etilishi belgilangan.  

Shu asos bilan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oyligi oshiriladi.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM Bosh yuriskonsulti

Sh.Mirzaaxmedov