Янгиликлар
"Oila sudyalari" tashkil etiladi. "Mehnat sudyalari"chi?
"Oila sudyalari" tashkil etiladi. "Mehnat sudyalari"chi?
Davlat rahbarining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-401, 21.12.2023-y.) qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlarda oilaviy nizolarni koʻrishga ixtisoslashgan sudyalar shakllantiriladi.
2024-yil 1-fevraldan tajriba tariqasida fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudlarining 2 nafardan sudyasini oilaviy nizolarni koʻrish boʻyicha ixtisoslashtirgan holda ushbu sudlarda “Oila sudyalari” tashkil etiladi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM Bosh yuriskonsulti
Sh.Mirzaaxmedov