Янгиликлар
Maktab oʻquvchilariga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish mumkin emas
Maktab oʻquvchilariga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish mumkin emas
✅Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga koʻra pedagoglarga qoʻyiladigan talablar:
➡️ oʻquvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
➡️ oʻquvchilarning shaxsiga doir maʼlumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik;
➡️ oʻquvchini ommaviy izza qilmaslik;
➡️ oʻquvchilar chet elga chiqib ketgan taqdirda, bu haqida oʻz vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish; (https://t.me/xtv_uz)
➡️ oʻquvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;
➡️ taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi axborotlardan uning manfaatlari va obroʻsiga ziyon yetkazish uchun yoki oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmaslik; (https://t.me/xtv_uz)
➡️ oʻquvchilarga ibrat boʻlib, shaxsiy namuna koʻrsatish, ular bilan doʻstona munosabatda boʻlish;
➡️ taʼlim muassasasi manfaatlariga zid boʻlgan xatti-harakatlardan tiyilish va bunday holatlarni oldini olish;
➡️ biror-bir noxush voqea yoki hodisa roʻy bersa, zudlik bilan taʼlim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish; (https://t.me/xtv_uz)
➡️ yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot boʻlgan diniy ekstremistik taʼsirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;
➡️ mazkur qoidalarni haftaning juma kunlarida oʻtkaziladigan “Sinf soati” darslarida oʻquvchilarga keng tushuntirib borish.