Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Oila kodeksining 24-moddasiga asosan er va xotindan birining umumiy mol-mulkini tasarruf etishi bilan bogʻliq bitim tuzilganda bu harakat boshqasining roziligiga koʻra amalga oshirilayotganligini anglatadi.


Oila kodeksining 24-moddasiga asosan er va xotindan birining umumiy mol-mulkini tasarruf etishi bilan bogʻliq bitim tuzilganda bu harakat boshqasining roziligiga koʻra amalga oshirilayotganligini anglatadi.

 

Er (xotin) oʻzining nomiga rasmiylashtirgan umumiy koʻchmas mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha bitim tuzishi uchun xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini olishi lozim. Koʻrsatilgan bitimni tuzishga notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinmagan er yoki xotin mazkur bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab bir yil davomida bu bitimni sud tartibida haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandiga asosan agar oilaviy munosabatlar va umumiy xoʻjalik yuritilishi amalda tugagandan soʻng er-xotin birgalikda mulk orttirishmagan boʻlsa, sud OK 27-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, har bir er yoki xotin tomonidan ular alohida yashagan davrda topilgan mol-mulkni ulardan har birining mulki deb topishi va faqat er-xotin tomonidan umumiy xoʻjalik yuritilishi toʻxtatilgan vaqtga qadar topilgan mol-mulkni boʻlishi mumkin.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joizki, Oila kodeksining 47 moddasiga koʻra nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik roʻyxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.


Demak, bu vaziyatda xotini eri bilan birga notriusga borib rozilik xati (mulkni tasarruf etishga qarshiligi yoʻqligi haqida) yozib bersa boʻldi.


 

.