Янгиликлар
ish beruvchi quyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shar:
.ish beruvchi quyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shar:
⏺vakolatli davlat organlarining talabiga koʻra;
⏺alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda boʻlganida;
⏺mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻquvdan hamda bilim va koʻnikmalari tekshiruvdan oʻtmaganda;
⏺majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmaganda;
⏺xodim ishni bajarishi uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi koʻrsatmalar aniqlanganda;
⏺tibbiy xulosaga koʻra 4 oygacha vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga muhtoj xodim boshqa ishga oʻtishni rad etganda yoxud ish beruvchida bunday xodimga beradigan ish boʻlmaganda;
⏺xodim foydalanilishi shart boʻlgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.
❕Xodim karantinli va odam uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar tahdidi vaqtida joriy etiladigan profilaktik emlashdan oʻtishni rad etganda ish beruvchi uni ishdan chetlashtirishi mumkin. Emlashga xodim sogʻligʻida qarshi koʻrsatmalar boʻlsa ishdan chetlashtirilmaydi.
⚠️ Xizmat tekshiruvi oʻtkazilganda ham xodim unga xalaqit berishiga asosli sabab boʻlsa, xodim ishdan chetlashtirilishi mumkin.
Bosh yuriskonsult M.Shukurov