Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar


O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar

Bosh qomusimizning 58-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” deb ko‘rsatilgan. Shu nuqtai nazardan aytganda, bunda eng avvalo fuqarolarni jinsiga qarab ajratish mumkin emasligi belgilangan. Konstitutsiyamizning eng muhim jihatlaridan biri ham shundaki, unda xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqliligi maxsus tarzda mustahkamlanganligi, xotin-qizlar bilim olishda kasb-hunar o‘rganishda, mehnat uchun haq olishda, ishda yuqori lavozimlarga ko‘tarilishda va shu kabi ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayotning barcha sohalarida erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar. Qonunlarni buzganlik uchun ham xotin-qizlar erkaklar bilan teng darajada javobgardirlar.

Ushbu moddada belgilangan milliy va irqiy tenglik prinsipi milliy yoki irqiy mansublikka qarab xech qanday imtiyozlar yoki cheklashlar bo‘lishi mumkin emasligini anglatadi. O‘zbekistonda xar qanday irqiy yoki milliy aloxidalikni, dushmanlikni yoki mensimaslikni targ‘ib qilish qonun bo‘yicha qatiyan ta'qiqlanadi.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Mashrab ShUKUROV