Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning huquqiy holatlari asoslarini mustaxkamlaydi va kafolatlaydi...


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning huquqiy holatlari asoslarini mustaxkamlaydi va kafolatlaydi...

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, yagona davlat huquqiy siyosatini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta'minlashda nixoyatda muxim ro‘l o‘ynaydi. Shu bilan birga, inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining barcha asosiy g‘oya va qoidalarini o‘zida singdiradi va xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan eng muhim me'yorlarini mustahkamlaydi. Inchunun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart” deb, mustaxkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, ya'ni xalqning o‘zi bevosita boshqaradigan jamiyat va demokratik huquqiy davlat qurishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Unda jami dunyoviy ne'matlar orasida eng ulug‘i “inson” ekanligini yorqin mujassamlashtirilgan. Zero, insonni ulug‘lash, uni muhofaza qilish va har tomonlama kamol toptirish Konstitutsiyaning asosiy g‘oyasiga aylantirilgan.

 

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Shoxruxbek YUNUSOV