Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Konstitutsiyani bilgan kishi o‘z xatti_harakatini qonun doirasida amalga oshiradi


Konstitutsiyani bilgan kishi o‘z xatti_harakatini qonun doirasida amalga oshiradi

 

Konstitutsiyamizning 54-moddasida «davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlashi, aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga ko‘ra, Konstitutsiya huquq va erkinliklarni mustaxkamlash bilan birga, fuqarolar zimmasiga burch hamda masuliyatlarini ham yuklaydi. Zero, Konstitutsiyani bilish asosida shakllangan huquqiy ong jamiyat taraqqiyotining qudratli kuchiga aylanadi. Qonunlarni bilish, kishining hayotiy faoliyatida muhimligi va uni to‘g‘ri tushuna olishi natijasida kutilgan maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu bois ajdodlarimiz qonunga hurmat va unga itoat qilishni qadrlaganlar. «Qonunning kaliti adolat, adolat kaliti saxovat», «Qonunbuzar — elbuzar, elbuzarni qonun tuzatar» va boshqa shu kabi hikmatli so‘zlar ham qonunga bo‘lgan ongli munosabatning mahsuli xisoblanadi. Biroq, jamiyatimizda ayrim kishilar hatto Konstitutsiya va qonunlarni bilish yoxud o‘z hayotida qo‘llashga beparvolik va loqaydlik bilan qarab, bosh Qomusimizning ma'no-mazmunini anglamay o‘z haqini bilmaydi. Shu bilan birga, huquqiy ongsiz bir tomoshabinga o‘xshab qoladi. Bu bilan ular nafaqat jamiyat manfaatlariga, balki o‘zlariga ham ziyon yetkazishlarini anglab yetmaydilar. Shunday ekan, huquqiy davlat yaratish sari rivojlanib borayotgan davlatimizda huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni yuksaltirish muxim vazifalardan sanaladi. Konstitutsiyaning ustuvorligi esa har birimizdan ulkan huquqiy mas'uliyatni talab etadi.

 

Bo’stonliq tuman adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Muzaffar Turmatov