Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Yuristmi yoki yuriskonsult?


Yuristmi yoki yuriskonsult?

 

“Yurist” termini haqida gap ketganda asosan, maxsus yuridik ma'lumotga ega bo‘lgan, huquq sohasida faoliyat yuritadigan huquqshunoslar, huquqshunos olimlar va amaliyotchi mutaxassislar doirasini tushunamiz.

Yurist so‘zi lotincha jus, nemischa va inglizchada jurist so‘zlaridan olingan va o‘zimizning tilda huquq ma'nosida keladi. Yurist huquqshunoslik va yuridik sohadagi mutaxassis va mazkur sohadagi amaliyotchi shaxs sifatida gavdalanadi. “Yuriskonsult” tushunchasi shuni anglatadiki, u kasb sifatida aniq bir yo‘nalish yoki biror bir korxona va tashkilotda faoliyat yurituvchi va mazkur yo‘nalish yoki korxona va tashkilot faoliyatining qonuniyligini ta'minlovchi, ularning uchinchi shaxslar bilan bog‘liq munosabatlarini, huquqiy aloqalarini huquqiy jihatdan muvofiqlashtirib boruvchi, yuridik maslahai beruvchi yuridik xizmat xodimidir. Yuriskonsultlar aniq bir lavozim va kasb ma'nosida keladi hamda toifa nuqtayi-nazaridan yuriskonsult, katta yuriskonsult, yetakchi yoki bosh yuriskonsult kabi lavozimlardan iborat bo‘ladi.

Yuriskonsult lotincha juris-consultus so‘zidan olingan, mazmun jihatidan huquq maslahatchisi yoki huquqshunos ma'nolarini anglatadi. Yuriskonsult tashkilotning shtatidagi xodim sifatida ushbu tashkilotning huquq va manfaatlarini himoya qiladi hamda tashkilot faoliyatining qonuniyligini ta'minlaydi.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuskonsulti

Shuhrat Mirzaaxmedov