Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Pedagogik yuklama nima?


              Pedagogik yuklama nima?

Pedagogik yuklama umumiy o‘rta ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ma’naviyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq dars mashg‘ulotlaridan tashqari tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

O‘qituvchilarning pedagogik yuklamasida uning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borish hamda pedagog xodimning o‘z ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.

O‘qituvchilarning ish yuklamalarini hisoblab chiqarish Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.Rizaqulov.