Янгиликлар
Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga qanday yoʻnalishlarda yordam koʻrsatiladi
Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga qanday yoʻnalishlarda yordam koʻrsatiladi
Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
-ishsiz xotin-qizlar uchun — ularni bandligini taʼminlash;
-tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun —tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
-boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun —- bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda ularni uy-joyini taʼmirlash;
-ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — tibbiy yordamlar koʻrsatish;
-uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — ijara kompensatsiyasini toʻlash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan taʼminlash;
-qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish; zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.Rizaqulov.