Янгиликлар
Ikki va undan ortiq 12 yoshga toʻlmagan bolalari boʻlgan ota-onalarga qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Ikki va undan ortiq 12 yoshga toʻlmagan bolalari boʻlgan ota-onalarga qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Amaldagi Mehnat kodeksining 401-moddasiga asosan, oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga har yili davomiyligi kamida toʻrt kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Ushbu taʼtil yillik mehnat taʼtiliga qoʻshib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu taʼtildan alohida (toʻliq yoxud qismlarga boʻlib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin.
Ushbu taʼtilni keyingi ish yiliga koʻchirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.Rizaqulov.