Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Kimlar mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi?


Kimlar mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi?

-         Pensionerlar

-         1-2 guruh nogironligi boʻlgan shaxslar

Soliq kodeksiga asosan yuqoridagilar oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan.

          Mazkur shaxslar ushbu huquqlaridan pensiya guvohnomasi, 1-2 guruh nogironlari esa nogironlik guvohnomasini oʻzi yashab kelayotgan hududdagi soliq organiga shaxsan taqdim etish yoʻli bilan foydalanishlari mumkin. Imkoningiz boʻlsa ushbu maʼlumotni shunday toifadagi insonlarga xam yuboring. Imtiyoz mavjudmi undan foydalanish ham kerak. Katta extimol bilan 80 foiz shu toifadagi shaxslar bunday huquqi borligini bilishmasa xam extimol.

         Shu oʻrinda alohida takidlagan boʻlardimki, agar Siz tegishli guvohnomangizni soliq organiga taqdim qilmasangiz indamay mol-mulk soligʻini toʻlab yuraverasiz biror kishi sizga ey ogʻayni sizni shunday huquqingiz bor demaydi.

Xa aytgancha, yuqoridagi ikki toifadagi shaxslar kabi imtiyozdan yana bir toifadagi oilalar foydalanishlari mumkin u xam boʻlsa;

3) oʻn va undan ortiq bolasi bor oilalar (Mahalladan bolalari borligini tasdiqlaydigan maʼlumotni soliq organiga taqdim qilgan holda)

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.Rizaqulov.