Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko’ra bekor qilish qay tartibda amalga oshiriladi?


Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko’ra bekor qilish qay tartibda amalga oshiriladi?

Amaldagi Mehnat kodeksining 157-moddasida Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek muddatli mehnat shartnomasi istalgan vaqtda taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Mehnat shartnomasi mazkur asos bo‘yicha bekor qilinadigan sana xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.

Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qo‘shimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari ko‘rsatilishi shart.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.Rizaqulov.