Янгиликлар
Oʻquvchining ota-onasiga javobgarlik bormi?
Oʻquvchining ota-onasiga javobgarlik bormi?
"Talim toʻgʻrisida"gi qonuning 51-moddasiga muvofiq Voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning oʻqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishi uchun masʼuldir.
Yaʼni ota-onalar farzandini talim olishi uchun sharoit yaratib berishga masul hisoblaadi.
Oʻquvchining ota - onasi uchun farzandini maktabga yubormaganligi Mamuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq, bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik deb baholanadi.
Mazkur moddaga asosan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.Rizaqulov.