Янгиликлар
Mehnatga soatbay haq to‘lash tartibi va shartlari to’g’risida
Mehnatga soatbay haq to‘lash tartibi va shartlari to’g’risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida NIZOMiga asosan 12. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash:
ketma-ket ikki oydan ortiq bo‘lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodimlarning o‘rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to‘lashda;
boshqa muassasalardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to‘lashda;
o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.
13. Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq to‘lash stavkalari miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi.
14. Xalq ta’limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi.
Qibray tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Bosh yuriskonsult O.Hamraev