Янгиликлар
Malaka sertifikatini berish tartibi birhillashtirildi
Malaka sertifikatini berish tartibi birhillashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-noyabr 2023 yildagi 635-son qarori bilan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Ma’muriy reglamentga asosan quyidagi tartib belgilandi:
jismoniy shaxslarga ayrim turdagi malaka sertifikatini berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
malaka sertifikatini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish va malaka sertifikatini rasmiylashtirish tartibi;
malaka sertifikatini berish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi;
malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish va bekor qilish tartibi;
davlat xizmatini ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovlar taqsimoti tartibi.
Ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun manfaatdor shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin.
Vakolatli organ malaka sertifikatini rasmiylashtiradi hamda berilgan malaka sertifikatlarining reyestriga tegishli yozuv kiritadi.
Qibray tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Bosh yuriskonsult A.To’qsonov