Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Nafaqa olish uchun onlayn ariza beriladi


Nafaqa olish uchun onlayn ariza beriladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.11.2023 yildagi «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 596-son qarori qabul qilindi.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq 2024 yil 1 apreldan boshlab kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi (21.10.2021 y. 654-son VMQ bilan tasdiqlangan).

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 aprelga qadar kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda ma’lumotnoma taqdim etish bo‘yicha elektron shaklda davlat xizmatini ko‘rsatishni YAIDXI orqali joriy etish topshirildi.

 

 

 

Qibray tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonsult                                                             A.To’qsonov