Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Kam taminlangan oilalarga yo‘rdam ko‘rsatish tartibi soddalashtirildi


Kam taminlangan oilalarga yo‘rdam ko‘rsatish tartibi soddalashtirildi

 

«Temir daftar»ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.10.2023 yildagi 547-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib (28.04.2021 yildagi 250-son VMQ bilan tasdiqlangan) quyidagi bilan to‘ldirilmoqda:

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oralig‘idagi davrda kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.

 

Qibray tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonsult                                                             A.To’qsonov