Янгиликлар
Xodimlarning homiladorlik va tug‘ish ta’tili (dekret)ga chiqish tartiblari qanday?
Xodimlarning homiladorlik va tug‘ish ta’tili (dekret)ga chiqish tartiblari qanday?
Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko’ra Ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov.