Янгиликлар
Maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʼquv kurslarida oʼqitish tizimi joriy qilinadi
Maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʼquv kurslarida oʼqitish tizimi joriy qilinadi
Hukumat qarori (681-son, 25.12.2023 y.) bilan Davlat umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʼquv kurslarida oʼqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga koʼra, 2024 yil 1 yanvardan А.Аvloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʼrgatish milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʼquv kurslarida oʼqitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi.
Nizomga muvofiq, maktablarga faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi.
Bunda sertifikatga ega direktorlar uni olgandan 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.
Nomzodlar maxsus portal orqali elektron roʼyxatdan oʼtadi hamda oʼquv kursida oʼqish uchun ariza topshiradi.
Аrizalar har oyning 5-sanasigacha (iyul–avgust oylari bundan mustasno) qabul qilinadi.
Oʼquv kurslari 20-30 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Oʼquv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil etib, 1 oy davomida oʼqitiladi.
Nomzodlarning ixtiyoriy tanlovi asosida oʼquv kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan (masofaviy, onlayn) holda tashkil etilishi mumkin.
Oʼquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikat berish boʼyicha yakuniy sinovlarga qoʼyiladi.
Direktorlarning oʼqish davrida ularning asosiy ish joyi boʼyicha lavozimi va amaldagi oʼrtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.
Mazkur tartib quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
▫️Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
▫️jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʼlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari;
▫️sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari;
▫️ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
▫️alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.
2024 yil 1 sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qoʼshimcha ustamalar toʼlanadi:
maktab direktorlariga – 50 foiz;
maktab direktori oʼrinbosarlariga – 30 foiz.
Аngren shahar Аdliya boʼlimi yuridik
xizmat koʼrsatish boʼlimi bosh
yuriskonsulti Sh.G.Niyazova