Янгиликлар
Garov bilan taʼminlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi
Garov bilan taʼminlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi
Markaziy bankning garov bilan taʼminlangan talablarni qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:
-toʼlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonida kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini garovga qoʼyilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantirishda ularga mutlaq ustunlik berish;
-garovga qoʼyilgan mol-mulkni takroriy auktsionda sotish mumkin boʼlgan eng past narxni auktsion obʼekti boshlangʼich narxining 80 foizi miqdorida belgilash;
Bunda, mol-mulk takroriy auktsionda realizatsiya qilinmasa, undiruvchiga ushbu mol-mulkni auktsion boshlangʼich narxidan 25 foiz past qiymatda oʼzida qoldirish taklif qilinadi.
-undiruv qaratilgan garovga qoʼyilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qoʼyuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yoʼl qoʼyilmasligi;
-qarzdorning ixtiyoriy ravishda tugatilishi jarayoni boshlanishi munosabati bilan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini tamomlash hamda mol-mulkni tasarruf qilishga doir cheklovlarni olib tashlash amaliyotini bekor qilish.
Milliy komissiya, jumladan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini, xalqaro mehnat standartlarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʼyicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklandi.
Farmonga koʼra, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʼyicha milliy maʼruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʼyicha milliy maʼruzachi instituti taʼsis etildi.
Angren shahar YXKM boshlig’i R.Husanov