Янгиликлар
Odam savdosiga qarshi kurashish yanada kuchaymoqda!
Odam savdosiga qarshi kurashish yanada kuchaymoqda!
2023-yil 21-dekabrda “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF–210-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi
Farmon bilan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʼyicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.
Milliy komissiya:
-ichki ishlar vaziri – Milliy komissiya raisining oʼrinbosari rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʼyicha kichik komissiyadan;
-kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vaziri – Milliy komissiya raisining oʼrinbosari rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari boʼyicha kichik komissiyadan iborat boʼladi.
Farmon bilan Milliy komissiyaning asosiy vazifalari belgilandi.
Milliy komissiya, jumladan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini, xalqaro mehnat standartlarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʼyicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklandi.
Farmonga koʼra, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʼyicha milliy maʼruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʼyicha milliy maʼruzachi instituti taʼsis etildi.
Angren shahar YXKM boshlig’i R.Husanov