Янгиликлар
G‘ayriqonuniy harakatlar sodir etayotgan fuqarolarga qanday maxsus vositalardan foydalanish belgilangan?
G‘ayriqonuniy harakatlar sodir etayotgan fuqarolarga qanday maxsus vositalardan foydalanish belgilangan?
O’zbekiston Respublikasi 16.09.2016 yildagi O‘RQ-407-son qonuniga
asosan Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda elektroshok qurilmasini qo’llash huquqiga ega:
fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
????jinoyatga yoki maʼmuriy huquqbuzarlikka chek qoʻyishda;
????ichki ishlar organi xodimiga qarshilik koʻrsatilishiga chek qoʻyishda;
????jinoyatni sodir etishda yoki uni sodir etganidan keyin darhol koʻrib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
????ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qoʻriqlab borish va qoʻriqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki oʻziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
????zoʻravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda.
Bundan tashqari ichki ishlar organi xodimi quyidagi maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega: rezina tayoqlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi moddalar, gazli, shikastlantiruvchi qurol, qo‘lkishanlar yoki boshqa bog‘lash vositalari, maxsus bo‘yovchi va markirovka qiluvchi vositalar, xizmat hayvonlari, chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalari, transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalari, tinchlantirish ko‘ylagi, suv bilan zarba beruvchi mashinalar, zirhli mashinalar, muhofaza qilinadigan obyektlarni (hududlarni) himoya qilish, g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sish vositalari, to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar. Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda o‘qotar qurol ishlatishga ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega. Biroq maxsus vositalarning qo‘llanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi