Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bolalar bilan poezdda yuruvchi yo’lovchilarning haq to’lashidagi imtiyozlari


Bolalar bilan poezdda yuruvchi yo’lovchilarning haq to’lashidagi imtiyozlari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qaroriga asosan yoʻlovchi oʻzi bilan birga yoʻlovchi tashish poyezdida yoʻl haqi toʻlamasdan besh yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. Besh yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yoʻl haqi toʻlamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.

Yo‘lovchi bilan bittadan ortiq besh yoshgacha bolalar ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri yo‘l haqi to‘lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.

Besh yoshdan o’n yoshgacha bolalarga ham tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.

O’n yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.            O’n yoshgacha bolalar poyezdda yurishlari uchun bolalar chiptalari beriladi.

O’n olti yoshgacha bolalarning ota-onalari hamrohligisiz yo‘lovchi tashish poyezdlarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, maktab, litsey, kollejga borish uchun temir yo‘l transportidan foydalanuvchi o‘quvchilar bundan mustasno.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi