Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Molk- mulkni sotishda er-xotinning roziligi talab etilmaydi…


Molk- mulkni sotishda er-xotinning roziligi talab etilmaydi…

 

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug’iga asosan er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga koʻra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush oʻrtogʻining roziligi talab etiladi.

 

Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:

 

nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;

 

meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan;

 

nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa;

 

er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi