Янгиликлар
Mikroqarzlar miqdori oshiriladi
Mikroqarzlar miqdori oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.11.2023 yildagi PQ-364-son qaroriga asosan mikroqarzlarning eng yuqori miqdori amaldagidan oshirilishi belgilangan. Ya’ni mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln soʻmdan 100 mln soʻmgacha oshiriladi. Shuningdek yuqoridagi qaror asosida bir qancha huquqlar yuzaga kelishi belgilangan. Bular:
▪️mikromoliya tashkilotlari tegishli litsenziya olgan holda toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi;
▪️jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun Markaziy bank dastlabki ruxsatnomasini olish talabi qonunchilikda belgilangan 10 foizlik ulushni 20 foizga oshirish orqali yumshatiladi.
Bunda, olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha boʻlganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibi joriy etiladi;
▪️mikromoliya tashkilotlariga tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etilganda yoki tadbirkorlik subyektlariga mikromoliya tashkilotlaridan mikrokredit olinganda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafilligini berish imkoniyati yaratiladi;
▪️tijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda ularning koʻrsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari boʻyicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi