Янгиликлар
Yirtilgan pullarni ishlatish to’g’risida
Yirtilgan pullarni ishlatish to’g’risida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-sonli qaroriga asosan Yirtilib boʻlaklarga ajrab qolgan va yelimlangan pullar har qanday savdoda qabul qilinishi kerak.
Faqat bu holda yelimlangan pulning qismlari bitta banknotaga tegishli boʻlishi lozim. Misol uchun, 50 ming soʻmlik pul yirtilsa, unga faqat shu banknotaning yirtilgan qisminigina yelimlash mumkin (boshqa 50 ming soʻmlik pulning yirtilgan qismini emas).
Bundan tashqari, quyidagi holatlarda ham pullar ishlatishga yaroqli hisoblanib, hech qanday moneliksiz toʻlovga qabul qilinishi va tushum puli sifatida banklarga topshirilishi mumkin:
har qanday qismida teshik yoki yirtilish boʻlgan, qogʻozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qogʻoz koʻrinishiga kelib qolgan) hamda dogʻlari boʻlgan va turli rasm va yozuvlar yozilgan banknotlar;
boʻyoq moddalari yoki kislota toʻkilgan, tabiiy rangi oʻzgargan, kuygan, boʻyalgan yoki chizilgan pullar;
umumiy hajmining 55 foizidan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan banknotlar.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi