Янгиликлар
Subsidiya berilishida to’planadigan ball
Subsidiya berilishida to’planadigan ball
Subsidiya bo‘yicha ariza topshirgan har bir shaxsga pul mablag‘i berilmaydi. Pul mablag’ini olish uchun bir qator talab va holatlarga javob berish lozim.
Subsidiya berilishda mas’ul organlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya ariza beruvchilarga mezonlar bo‘yicha ball beradi.
Mas’ul organlar — ichki ishlar bo‘limi, moliya bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, bandlikka ko‘maklashish markazi, kadastr korxonasi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman (shahar) hokimliklari, ishtirok etuvchi tijorat banklari. Bularning hammasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni haqqoniy ekanligini tekshirib berishadi.
Ijtimoiy mezonlar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni aniqlashga xizmat qiladi. Ball to‘plash uchun mezonlarga talabgor va uning oilasining daromadi, turar joy maqomi, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganlar (mehnat migrantlari, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, yolg‘iz ayollar va hokazo), shuningdek, oilada nogironligi mavjud bo‘lgan shaxslar inobatga olinadi.
Subsidiya tartib bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlarga beriladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi