Янгиликлар
Pensiya va nafaqa to‘lovini to‘xtatib turish bo‘yicha davlat xizmati haqida
Pensiya va nafaqa to‘lovini to‘xtatib turish bo‘yicha davlat xizmati haqida
O‘zbekiston Respublikasi Pensiya va nafaqa to‘lovini to‘xtatib turish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi. my.gov.uz portalida “Pensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish” (https://my.gov.uz/oz/service/957) xizmati amalga oshiriladi.
Fuqarolar onlayn ariza berish orqali pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovvoragarchiliksiz toʻxtatib turishi mumkin.
Ushbu xizmat quyidagi hollarda kerak boʻlishi mumkin:
- Sizga vaqtinchalik pensiya yoki nafaqa kerak boʻlmasa va ularni olishni maʼlum muddatga toʻxtatib turish zarurati yuzaga kelganida.
- Mamlakat tashqarisida boʻlganingiz uchun maʼlum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa toʻlovlarini ololmasangiz.
- Hayotingizda toʻlovlarni vaqtinchalik toʻxtatib turishni talab qiladigan oʻzgarishlar yuz bersa.
Mazkur xizmatni olish uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi!
Ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun to’lov undirilmaydi.
Xizmat ariza topshirilgandan so‘ng avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.
Angren shahar Аdliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish Markazi
bosh yuristkonsulti: Niyazova Shaxlo Gulmuradovna