Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun nima asos bo'ladi?


Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun nima asos bo'ladi?

 

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subʼektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan:

davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;

Nizomda nazarda tutilgan holatlarda tegishli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazish organiga murojaat qilinganligi;

Hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;

qonun va taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;

qonun hujjatlari bilan ustav fondining miqdoriga doir talablar bajarilmaganligi;

yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirishda yuridik shaxsning BHMning uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki soliq hisobotlarini topshirmaganligi;

ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tkazishda, muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi;

firma nomining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq emasligi;

ta’sis hujjatlarini barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanmaganligi;

ustav fondining miqdori kamaytirilganda korxona kreditorlari belgilangan tartibda xabardor qilinmaganligi;

tadbirkorning manzil ma’lumotlari soliq va kadastr organlarining ma’lumotlar bazalarida mavjud emasligi;

tadbirkor tanlagan tashkiliy-huquqiy shakli qonunchilik hujjatlarida mavjud emasligi.

 

Angren shahar Аdliya bolimi

Yuridik xizmat korsatish Markazi

bosh yuristkonsulti:                                              Niyazova Shaxlo Gulmuradovna