Янгиликлар
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.
Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ko'chmas mulk sotib olish arafasida bo'lsangiz hamda turli xil noqulay va noxo'sh vaziyatlarga tushmaslikni oldini olishni istasangiz, unda ushbu obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish foydadan holi bo'lmaydi.
Buni – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi.
Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.
Xizmat ko'rsatish muddati – 3 ish kuni.
Angren shahar Аdliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish Markazi
bosh yuristkonsulti: Niyazova Shaxlo Gulmuradovna