Янгиликлар
Milliy toifali sport hakami toifasini olish uchun ariza berish tartibidan xabardormisiz?
Milliy toifali sport hakami toifasini olish uchun ariza berish tartibidan xabardormisiz?
Bunda murojaatlar quyidagi tartibda qabul qilinadi:
-Davlat xizmatlari markazlari orqali;
-YIDXP – my.gov.uz.
Xizmatdan foydalanuvchilar esa quyidagilar:
Sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxslar.
To‘lanadigan yig‘im miqdori: Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda — 330 000 so'm (BHM ning 1 barobari), YIDXP orqali taqdim etilganda — 297 000 so'm (to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi).
Ma'lumot uchun: Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
Angren shahar Adliya bo‘limi YXKM
boshlig‘i R.Husanov