Янгиликлар
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash” mumkinligi haqida bilarmidingiz?
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash” mumkinligi haqida bilarmidingiz?
Ushbu davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari hisoblanadi.
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno)
Murojaatlar quyidagi saytlar orqali qabul qilinadi:
"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXP – my.gov.uz orqali;
Xizmatdanning foydalanuvchilari yuridik shaxslar hisoblanadi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari);
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari) ni tashkil etadi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati 10 kunni tashkil etsa, litsenziyaning amal qilish muddati 5 yil sanaladi.
Angren shahar Adliya bo‘limi YXKM
boshlig‘i R.Husanov