Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Hukumatning 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarori bilan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.


Hukumatning 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarori bilan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

            Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilishi mumkin.

       Vakolatli organ Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hisoblanadi.

          Inspeksiyada quyidagi texnikalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:

       faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus texnikalar;

      ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olingan transport vositalari;

     tramvay va trolleybuslar;

       Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyaga tegishli bo‘lgan texnikalar, shuningdek, Transport vazirligi hamda Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan texnikalar.

      Davlat xizmatidan foydalanishda texnikalarni sinovdan o‘tkazilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etiladi.

       Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 20 foizidan 90 foizigacha miqdorda to‘lov undiriladi.

       Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati 4 ish kuni.

      Davlat xizmati natijasida vaqtinchalik texnik passport, texnik guvohnoma hamda davlat raqami belgilari beriladi.

 

Angren shahar Adliya bo‘limi YXKM

boshlig‘i                                                                                             R.Husanov