Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sportchilar sport pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari mumkin


Sportchilar sport pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari mumkin

 

         Ushbu masalada Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

          Murojaatlar:

– Davlat xizmatlari markazlari;

– YIDXP – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi

         Xizmatdan foydalanuvchilar: jismoniy shaxs (sportchilar)

         Kerak bo‘ladigan hujjatlar:

      arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari

       Sportchi bilan jismoniy tarbiya va sport tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi

      yig‘im miqdori to‘langanligini tasdiqlovchi kvitansiya

      Yig‘im miqdori: BHMning 1/6 qismi (55 ming soʻm) miqdorida;

       “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslardan yigʻim miqdorining 50 foizi (27,500 so‘m) undiriladi.

      Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: bir kun.

      Sport pasporti rasmiylashtirilgandan so‘ng ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakiliga elektron xabarnoma yuboriladi hamda vakolatli organ tomonidan besh kun muddatda pochta xizmati orqali pasport sport tashkilotiga yetkazib beriladi.

      Sport tashkiloti tomonidan pasport bir kun muddatda sportchiga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi.

       Sport pasportining amal qilish muddati: 5 yil

       Eslatma: 16 yoshga toʻlmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.

 

Angren shahar Adliya bo‘limi YXKM

boshlig‘i                                                                                             R.Husanov